29 may kuni UMPT Perfect-university oliygo‘hida o‘tkazilgan vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etdi. Kompaniya vakillari talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar. Samarali muloqot tufayli kompaniya vakillari iqtidorli talabalar bilan yaqin¬dan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. E’tibor asosan talabalarga o‘quv jarayonida olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash va zamonaviy shart-sharoitlarda foydali amaliyot ish tajribasini olish imkoniyatini beruvchi dasturlariga qaratildi. UMPT vakillari talabalarining yuqori tayyorgarligini ta’kidlab, universitet bilan hamkorlik ikki tomon uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirdilar.