"Orol" Biznes o'yini

2025 yil 21 fevral kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida jamoani boshqarish va kross-funksional kommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan biznes-o'yin "Ostriv" WTraining kompaniyasidan o'tkazildi. Ushbu tadbir kompaniyaning turli bo'limlaridan xodimlarni yig'ib, ularga interaktiv shaklda amaliy o'qitish imkonini yaratdi. O'yin davomida ishtirokchilar guruhlarga bo'linib, aniq biznes vazifalarini hal qildilar, bu esa turli bo'limlar bilan hamkorlik qilishni talab qildi.

 

Bu usul ishtirokchilarga kompaniyaning har xil bo'limlarini yaxshiroq tushunish, qo'shni bo'limlar bilan aloqani o'rnatish va jamoada vazifalarni samarali taqsimlash imkonini berdi. Maksimal e'tibor liderlik xususiyatlarini rivojlantirishga va cheklangan resurslar sharoitida qarorlar qabul qilish qobiliyatiga qaratildi. Ishtirokchilar samarali kommunikatsiyani rivojlantirishga yo'naltirilgan malakalariga e'tibor qaratishdi, jamoada aniq va ravshan axborot almashishning ahamiyatiga urg'u berdilar.

 

UzAuto Motors Powertrain tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlar nafaqat korporativ madaniyatni mustahkamlashga, balki o'zaro ishonch va hamkorlik muhitini yaratishga ham yordam beradi. Bu qobiliyatlarni rivojlantirish — kompaniyaning kelajakdagi muvaffaqiyati va xodimlarining professional so'haga o'sishining asosidir.