Mehnat yarmarkasida ishtirok etish

2025-yil 21-fevral kuni “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi Toshkentdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish institutida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etdi. Ushbu yarmarkada Kompaniya vakillari universitet talabalari bilan jonli muloqot qilishdi, ularga Kompaniya, unda amaliyot o‘tash tartibi va mavjud bo’sh ish o’rinlari to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

Mehnat yarmarkasi davomida ko‘plab talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlariga mos ravishda Kompaniyamizda amaliyot o‘tab, olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga katta qiziqish bildirishdi.

Bu kabi mehnat yarmarkalari talabalarga amaliyot o‘tash va o‘z karyerasini boshlash uchun yordam bersa, ish beruvchilarga oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari orasidan iqtidorlarni aniqlab, ularni istiqbolli kadr sifatida turli lavozimlarga jalb qilish imkonini beradi.