"Karyera kuni" mehnat yarmarkasi

2025 yilning 4-aprel kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Toshkent davlat texnika universitetida tashkiletilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etdi.

Ushbu yarmarkada Kompaniya vakillari universitet talabalaribilan jonli muloqot qilishdi, ularga Kompaniya, unda amaliyoto‘tash tartibi va mavjud bo’sh ish o’rinlari to‘g’risidama’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida universitet vakillari hamdamehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan korxona va tashkilotlarvakillari o’rtasida ikki tomonlama manfaatlarni ko’zda tutuvchikonferensiya bo’lib o’tdi. Unda “UzAuto Motors Powertrain”ning Xodimlarni saralash bo’limi boshlig’i KamoliddinMuxiddinov so’zga chiqib, Toshkent davlat texnika universitetiva UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi o’rtasida yo’lgaqo’yilgan hamkorlik, jumladan, TDTUning kompaniyadagifiliali faoliyati, talabalarning amaliyot o’tashi va kelgusida ishgajoylashish imkoniyatlari haqida to’xtalib o’tdi. Mehnat yarmarkasi davomida ko‘plab talabalarKompaniyamizda amaliyot o‘tash va o‘z karyerasini shu yerdanboshlash istagini bildirishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, tashkil etiladigan mana shunday mehnat yarmarkalari Oliy o‘quv yurtlari va korxonalaro‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va yoshlarga ko’plabimkoniyatlar eshigini ochadi.