Biznes ahamiyati" loyihasi davom etmoqda
"Biznes ahamiyati" loyihasi doirasida, UzAuto Motors Powertrainda biznes jarayonlari haqida xodimlarning xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda Moliyaviy direktor ishtirok etdi.
 
 
Ilhom Rajabov mahsulot tannarxi mavzusida trening o‘tkazdi. Unda qatnashchilar hisoblash usullari va tannarxning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rgandilar. Shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
 
Trening yakunida "Savol-javob" qismi bo‘lib o‘tdi, unda xodimlar kompaniyaning moliyaviy faoliyatiga oid qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Sessiya ishtirokchilarga moliyaviy ko‘rsatkichlarning biznesga ta’sirini chuqurroq tushunish va mahsulot tannarxini boshqarish mexanizmlarini o‘rganish imkonini berdi.