Yosh xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

UMPTning yoshlar komiteti va komplayens xizmati, Sergeli tumani chki ishlar bo‘limi va hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda kompaniya yosh xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdilar.

Suhbat davomida kiberjinoyat, terrorizmga qarshi kurashish va diniy ekstremizmga qarshi choralar kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

Bundan tashqari, ayol xodimlar uchun "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida alohida suhbat o'tkazildi, unda ishtirokchilarga ichki ishlar vazirligi tomonidan ayollarga ko'rsatilayotgan yordam va himoya mexanizmlari, shuningdek, zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Qo'shimcha ravishda, narkomaniyaga qarshi kurash masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari profilaktika choralarini ko'rish va jabrlanganlarga yordam ko'rsatishning zarurligi haqida ham so'z yuritildi.