UMPT ISO 14001 bo'yicha birinchi kuzatuv tashqi auditdan muvaffaqiyatli o'tdi!
UMPT ISO 14001 bo'yicha birinchi kuzatuv tashqi auditdan muvaffaqiyatli o'tdi!
 
 
2024 yil 14-15 noyabr kunlari “UzAuto Motors Powertrain” AJ da ISO 14001:2015 atrof-muhitni boshqarish tizimi bo‘yicha birinchi tashqi kuzatuv auditi "Management Certification" MChJ tomonidan o‘tkazildi.
 
Audit natijalariga ko‘ra, birorta ham nomuvofiqlik aniqlanmadi. Auditorlar tomonidan tizimni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shunday qilib, kompaniyamizda Atrof-muhitni boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashi tasdiqlandi.
 
Biz yana bir bor ekologik yondashuvlarimiz dunyo standartlariga mosligini va kompaniyamizning atrof-muhitni himoya qilishga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdik.
 
Bunday natijaga biz zavodimiz xodimlari atrof-muhitni boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlashda faollik ko‘rsatganligi tufayli erishdik.