2024-yilning 6-dekabr kuni UzAvto Motors Powertrain xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kunini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati, ish muhitida shaffoflik va halollikni mustahkamlash usullari muhokama qilindi.
Tadbirning bosh spikeri Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra mudiri, professor, yuridik fanlar doktori, polkovnik Kobilov Sharif Rahimovich bo‘ldi. Uning nutqi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va barchani o‘z faoliyatida halollik hamda shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga ilhomlantirdi.
Tadbirning muhim lahzasi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bo‘lim rahbarlariga mehmon spikerdan shaxsiy imzo qo‘yilgan kitoblarni topshirish bo‘ldi. Ushbu ramziy ishora rahbarlarning o‘z ishlarida halollik, shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini ilgari surishdagi hissasini e’tirof etadi.
Tadbirga qiziqish bildirib unda faol ishtirok etganlari uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.