UMPT kompaniyasi talabalarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash siyosatini izchil amalga oshiradi va ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi. Shu yo‘nalish doirasida, 24-aprel kuni UMPT zavodi Toshkent shaxridagi Britaniya menejment universitetida almashinuv dasturi asosida tahsil olayotgan Qozog‘istoning Jumabek Tashenov nomidagi universitetining talabalarini qabul qildi.
Mehmonlar uchun korxonaning ishlab chiqarish sexlari bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Talabalar yuqori sifatli dvigatellar ishlab chiqarishning to‘liq jarayonini amalda ko‘rishdi, shuningdek, zavodda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan tanishishdi.
Bunday uchrashuvlar talabalar kasbiy shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, ularni keyingi ta’lim va rivojlanishga ilhomlantiradi, shuningdek, yuqori texnologiyali sanoat sohalarida ishlashga qiziqishni shakllantirishga xizmat qiladi.