Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashrifi

2025-yil 8-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi talabalari UzAuto Motors Powertrain zavodiga tashrif buyurishdi.

“UzAuto Motors Powertrain” zavodi bo’ylab tashkil etilgan ekskursiya talabalarga yuqori texnologiyalar va ilg'or ishlab chiqarish standartlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etdi.

Ekskursiyaning asosiy maqsadi – zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish va logistika, sifatni boshqarish hamda avtomobilsozlikda innovatsiyalarni joriy etish kabi sohalarda amaliy bilimlar olish edi.
Talabalar yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalarida avtomobillar uchun dvigatellar qanday tayyorlanshini o’z ko’zlari bilan ko'rishdi, ishlab chiqarish jarayonining avtomatlashtirilganini muhokama qilishdi hamda mahsulot sifatini yaxshilash va barqaror rivojlanish strategiyalari haqida ma'lumot olishdi.

Ushbu tajriba kelajakdagi tadbirkorlar va biznes mutaxassislariga innovatsiyalar va yuqori ishlab chiqarish standartlari qanday qilib turli sohalarda qo'llanilishi mumkinligini tushunishga yordam beradi.