Daraxt ekish
2023 yil 27 oktyabr, ush bu kunni biz atrof muhitni himoya qilishga bag’ishladik!
Korxonamiz ishchi hodimlari stadiondan uzoq bo’lmagan hududda daraxt ko’chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdilar.
Umum jamoaning say harakati bilan 60 tup kashtan va 10 tup chinor daraxtlari ekildi. Ushbu ekilgan daraxtlar soya berish bilan birga havoni kislorod bilan ham boyitadi -bu barchamiz uchun katta plyus!
 
 
Mazkur jarayon FO va ekologiya departamenti hamda korxona ishchi hodimlarining tashabbuslari bilan tashkil etilib unda hodimlarning faol ishtiroklari tufayli daraxt ko’chatlari tartibli ekilib sug’orildi.
 
 
Biz atrof-muhitni muhofaza qilishda davom etamiz, chunki bu bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir!