2025.06.17 Qirg‘iziston Respublikasi kasaba uyushmalari faollaridan iborat delegatsiyaning tashrifi
2025-yil 17-iyun kuni tajriba almashish va "UzAuto Motors Powertrain" AJ faoliyati bilan tanishish doirasida Qirg‘iziston Respublikasi kasaba uyushmalari faollari delegatsiyasi zavodimizga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar uchun ishlab chiqarish cexlari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan axborot-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu tashrif korxonamizdagi mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi tizimiga yuqoridagi tashkilotlar va xalqaro hamkorlar tomonidan berilgan yuqori bahoning tasdig‘i bo‘ldi.
Barcha ishtirokchilarga yuqori darajadagi tayyorgarlik, professionallik va tadbirni tashkil etishdagi faol yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz!