2025.06.19 TDTU talabalari tomonidan bitiruv ishlarining himoyasi
2025-yil 19-iyun kuni UMPTda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bakalavriat yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv diplom ishi himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Tadbirda universitetning malakali professor-o‘qituvchilari, shuningdek, UMPT bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shomirzaev Shuhrat Shomaxsutovich va ishlab chiqarish departamenti xodimlari faol ishtirok etdilar.
UMPT kompaniyasi ta’lim sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, talabalar uchun amaliyot va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bitiruvchilar o‘zlari amaliyot o‘tgan davr mobaynida egallagan bilim va ko‘nikmalarini yuqori saviyada namoyish etishdi.
Mazkur tadbir ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etgan hamda amaliyotda chuqur tajriba orttirgan talabalar uchun katta rag‘bat va motivatsiya manbai bo‘ldi.