19-iyun kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT) zavodida logistika departamenti boshlig’i Zabixilla Axmedov rahbarligida trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu treningda departamentning asosiy ish yo‘nalishlari, ularning ishlab chiqarish samaradorligiga va o‘z vaqtida yetkazib berishga ta'siri muhokama qilindi. Ayniqsa, nazorat va ta’minot zanjirini rejalashtirish uchun zamonaviy vositalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xodimlarni rivojlantirib, ularning biznes jarayonlarini chuqurroq tushunishini ta’minlash orqali biz aniq, ravshan va uyg‘un harakat bilan oldinga intilmoqdamiz.