Team Leader Certification Dasturi

Ishlab chiqarish ustalari xodimlar va rahbariyat o'rtasidagi axborot almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Ularning maqsadi — axborotni samarali tarzda taqdim eta olishdir, bu yig'ilishlar, treninglar yoki reja tuzish majlislarida bo'lishi mumkin. Prezentatsiya ko'nikmalari jamoa rahbarlariga vazifalarni aniq tushuntirish, xodimlar o'rtasida tushunishni ta'minlash va umumiy ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

UMPT (UzAuto Motors Powertrain)da 3 oy davomida ustalar uchun "Team Leader Certification" intensiv tayyorgarlik dasturi o'tkazilmoqda. Bu dastur jamoa rahbarlari uchun ishlab chiqarishdagi asosiy ko'nikmalarni o'rganish va rivojlantirishga asoslangan modul dasturidir. Noyabr oyida dastur ishtirokchilari kompaniyaning ichki trenerlari tomonidan prezentatsiya va ommaviy chiqish ko'nikmalari bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazdilar. Ushbu modul doirasida prezentatsiyaning tuzilishi, auditoriya bilan aloqa o'rnatish, shuningdek, axborotni taqdim etishda vizual jihatlar kabi mavzular o'rganildi.

Bu ko'nikmalarni o'rganish korxonadagi ichki kommunikatsiyani yaxshilashga, xodimlarning ishtirokini oshirishga va samarali ish muhitini yaratishga yordam beradi, bu esa o'z navbatida umumiy ish samaradorligini oshiradi.