Bugun “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasi "Yosh menejer" dasturi ishtirokchilari uchun eshiklarini ochdi. Mehmonlar nafaqat zamonaviy dvigatel ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi, balki sifat, innovatsiyalar va xalqaro darajadagi yuqori standartlarning orqasida nimalar turganini ham bilib olishdi.
Ekskursiya davomida yosh mutaxassislar dvigatellar yig‘ishning asosiy bosqichlari bilan tanishib, o‘z ishining haqiqiy professionallari qanday ishlashini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun xalqaro kompaniyada ishga joylashishning asoslari bo‘yicha amaliy trening ham o‘tkazildi.
Bu kelajakdagi yetakchilar uchun muvaffaqiyatli kariyera qurishda yordam beradigan qimmatli bilim va ko‘nikmalarni olish uchun noyob imkoniyat b‘oldi!

