2025 yil 21 may kuni UzAuto Motors Powertrain jamoasi tomonidan "Drive for Dreams" dasturi doirasida "Diplomat International School" maktabining 10-sinf o‘quvchilariga zavodimizda ekskursiya tashkillashtirildi.
O‘quvchilar zamonaviy dvigatellar qanday ishlab chiqarilishini ko‘rdilar, muhandislik yechimlari bilan tanishdilar va STEM (Science, Technology, Engineering, and Mathematics) sohasida rivojlanishga motivatsiya oldilar.
Biz ishonamizki, bunday tashabbuslar yoshlar uchun kasb tanlashda ongli qaror qabul qilishga yordam beradi va ularni texnologiyalar hamda muhandislik sohasida karyera qilishga ilhomlantiradi.