UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi rahbar xodimlari uchun SWE treningi bo‘lib o‘tdi
Juma, 12-may kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi rahbar xodimlari uchun SWE treningi bo‘lib o‘tdi.
 
SWE treningi (Ish jarayoniga taqlid qilish) dvigatellar maketi misolida qisqa muddat ichida dvigatelni yig‘ish tartibini o‘rganishga, shuningdek GMS tizimi tamoyillari va asboblaridan foydalangan holda, konveyer liniyasining ishchi stansiyasidagi standart jarayonlarni o‘rganishga imkon beradi.
 
Mazkur trening tufayli kompaniyaning yuqori boshqaruvi ishlab chiqarish liniyalaridagi operatorlar ishi bilan batafsil tanishdilar. Kelgusida, bu xodimlarning ish unumdorligini oshirish va ish sharoitlarini yaxshilash yo‘li orqali xodimlarning ishdan ketib qolish holatlarini kamaytirishga imkon beradi.