Xodimlarni rivojlantirish dasturlari ishtirokchilari uchun bir qator sessiyalar

Ko‘pincha soft skills kelajak ko‘nikmalari deb ataladi. Qaysi sohada va qaysi lavozimda ishlashingizdan qat’i nazar, ular zamonaviy dunyoda tobora ko‘proq talabga ega.

 

 

 

 

 

Bugungi kunda juda zarur bo‘lgan ko‘nikmalardan biri bu Nutq mahoratidir, chunki siz o‘zingizni, loyihangizni, mahsulotingizni yoki kompaniyangizni to‘g‘ri taqdim eta olmasangiz, unda muvaffaqiyatga erishish qiyin bo‘ladi. Karyera va shaxsiy hayot ko‘pincha o‘z fikrlarini aniq ifoda etish, ishontirish va muzokaralar olib borish qobiliyatiga bog‘liq.

 

Qanday qilib omma oldida nutq so‘zlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin? Kompaniyaning ichki murabbiylari aprel oyida xodimlarni rivojlantirish dasturlari ishtirokchilari uchun bir qator sessiyalar o‘tkazdilar, unda quyidagi mavzular yoritildi: ommaviy nutqga tayyorgarlik, og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan muloqot, nutq paytida savol-javob texnikasi.