UzAuto Motors Powertrain ISO 9001 standarti bo'yicha tashqi auditdan o'tdi.

26–28-noyabr kunlari UzAuto Motors Powertrain zavodida sifat menejmenti tizimining ISO 9001 standartiga muvofiqligi bo‘yicha tashqi audit o‘tkazildi. Auditorlar xodimlar mehnatini yuqori baholab, jarayonlarning yuqori darajada tashkil etilganligini ta'kidladilar. Eng muhimi - hech qanday kamchiliklar aniqlanmadi! Bundan tashqari, audit bizning tizimimiz standart talablariga muvofiqligini tasdiqladi va ISO 9001 sertifikatini yana 1 yilga uzaytirdi.

Bu natija - butun jamoaning sharafidir va yuqori sifat darajasini saqlab qolish va jarayonni uzluksiz takomillashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarimiz o'z samarasini berayotganini tasdiqlaydi. Keling, xuddi shunday samarali ishlashda davom etaylik va yangi maqsadlar sari ishonch bilan olg'a intilaylik!