UMPTda "Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari" kafedrasi doktorlari va dotsentlarining amaliyoti

Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini amaliyot o‘tash va ilmiy ishlarga tayyorlash maqsadida 17.02.2025-yildan 21.02.2025-yilgacha "Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari" kafedrasi doktorlari va dotsentlari zavodimizda amaliyot o'tishdi. Amaliyot davomida ular korxonamizda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini tashkil etish, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bilan yaqindan tanishdi.