2024-yil 24-oktabr kuni UzAuto Motors Powertrain zavodi hududida "Zilzila oqibatida zavod hududida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish" mavzusida taktik maxsus o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo'yicha talablariga javob berdi.
O'quv mashg'ulotlarining asosiy maqsadlari xodimlarning favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari bo'yicha bilimlarini oshirish va evakuatsiya hamda birinchi yordam ko'rsatish ko'nikmalarini o'zlashtirish edi. Taktik mashg’ulotlarda korxonaning qutqaruv tuzilma jamoalari, shuningdek, 26-yong'in-qutqaruv qismining vakillari ishtirok etishdi.
Zavod xodimlari barcha vazifalarni bajarishda yuqori hamjihatlikni namoyish etdilar, jumladan, tezkor evakuatsiya, jabrlanganlarga yordam ko'rsatish va individual himoya vositalaridan foydalanish. Shuningdek, signalizatsiya va ogohlantirish tizimlarining ishga layoqatliligi ham tekshirildi.
O'quv mashg'ulotlari zavodning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini tasdiqladi va korxona bo'limlari bilan tashqi G‘SChS xizmatlari o'rtasida o'zaro aloqalarni amaliy ravishda tekshirish imkonini berdi.