O'zbek tili bayrami
Mana o'zbek tili kuniga bag'ishlangan bayramimizni juda ko`tarinki ruxda o`tkazib oldik!
Bayramda qatnashgan barcha ishtirokchilarimizga, shuningdek, juda ko'p harakat qilgan, she'rlar yozgan va jasoratini to'plab, hamkasblari oldida o'z asarlarini o'qib bergan ishtirokchilarimizga alohida minnatdorchilik bildiramiz! Siz betakrorsiz!
O`zligimizni qo'llab-quvvatlab, bayramda o'zini milliy ko`rinishda namoyon etgan zamon bilan hamnafas hamkasblarimizga alohida rahmat!
 
 
 
Bugun «Lider» maktabining o’quvchi qizlari o'zlarining betakror ijrosi, iste'dodi, maftunkor tabassumlari va chiroyli chiqishlari bilan bayram tadbirimizga yanada ko`rk qoshishdi😘
 

 
 
Bayramimizda Transport instituti talabalari ham ishtirok etib, o‘zbek tilining boy va ohangrabo tili haqida so‘zlab, atoqli shoirimiz Muhammad Yusufning o‘zbek tilimizga bag‘ishlangan she’riy misralarini tortiq ettilar! Ushbu yosh iste’dodli qizlarimizga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz va o`qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!