23-iyun kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT)
jamoasi Toshkent davlat transport universitetida boʻlib oʻtgan “Mehnatyarmarkasi”da ishtirok etdi. Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Yoshlar bandligi oyligi” va “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — ish beruvchilar va talabalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini yo‘lga qo‘yish,bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat edi.
UMPT vakillari tadbir ishtirokchilariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot o‘tash imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish sohasida karyera qurish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Biz yosh mutaxassislar bilan yaqin muloqotda bo‘lish va o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini qadrlaymiz. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — bizning strategik ustuvor yo‘nalishimizdir.