Yanvar oyida UMPT Xodimlarni saralash bo’limi xodimlari tomonidan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talabalar uchun ochiq dars o’tildi.
Ochiq dars ishga kirish va suhbatdan samarali o’tish mavzusida tashkil etildi. Unda Kompaniyamizning tajribali mutaxassislari talabalarga dastlab “Uzavtosanoat” AJ hamda “Uzauto Motors Powertrain” AJ faoliyati haqida ma’lumotlar berishdi, shundan so’ng ularga suhbatga tayorgarlik ko’rishning eng samarali usullari, suhbat davomida o’zini qanday tutish kerakligi va o’z imkoniyatlarini to’g’ri taqdim etish bo’yicha tavsiyalar berishdi. Qiziqarli va interaktiv formatda o’tgan darsda universitet talabalari o’zlari uchun muhim va foydali tavsiyalarga ega bo’lishdi.
Bu ularga o’z karyeralarini muvaffaqiyatli boshlashga yordam beradi degan umiddamiz.