UMPT Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida
2025-yil 29-aprel kuni UMPT kompaniyasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Talabalar kompaniya tomonidan taklif etilayotgan kasbiy imkoniyatlar, amaliyot dasturlari va professional rivojlanish yo‘nalishlari bilan tanishdilar. Kompaniya vakillari talabalar bilan individual suhbatlar o‘tkazib, ularning savollariga javob berdilar va kompaniyaga qiziqish bildirgan nomzodlardan rezyumelar qabul qildilar.
UMPT universitetlar va biznes o‘rtasidagi yaqin hamkorlik malakali kadrlar tayyorlash hamda yosh mutaxassislar uchun muvaffaqiyatli karyera imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi.