Milliy tadqiqot universiteti uchun tashkil etilgan ekskursiya

2025-yil 7-fevral kuni UzAuto Motors Powertrain zavodiga“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashmuhandislari instituti” – Milliy tadqiqiot universiteti rektoriBaxodir Mirzayev, bir guruh professor-o’qituvchilari hamdauniversitet hamkorlik qiladigan Janubiy Koreyaning Keimyung College Universiteti vakillari tashrif buyurishdi. Mehmonlar uchun zavod bo’ylab ekskursiya tashkil etildiva ular korxonamizning zamonaviy va yuqori texnologiyaliishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishimkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha yiriksanoat korxonalari uchun raqobatbardosh muhandis kadrlartayyorlashni maqsad qilgan “TIQXMMI” Milliy tadqiqotuniversiteti UzAuto Motors Powertrain zavodida talabalarningamaliyot o‘tashi va kelgusida korxonaga iqtidorli kadrlaryetkazib berish imkoniyatini ilgari surdi. Tashrif yakunida “UzAuto Motors Powertrain” Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Saidazim Gulyamov hamda“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori BaxodirMirzayev ta’lim va ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagialoqalarni mustahkamlash maqsadida o‘zaro hamkorlik qilishgaqiziqish bildirishdi.