Fevral 2023: UzAuto Motors O’zbekistonda Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo’ydi
Texnologiya rivojida navbatdagi muhim qadam – UzAuto Motors O’zbekistonda Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo’ydi
 
Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida mahalliy butlovchi qismlarni ishlab chiqarishning murakkab tizimi asosida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi bosqichi Chevrolet Onix avtomobili ommaviy ishlab chiqarilishining tantanali ravishda ishga tushirilgani bilan nishonlandi.
Bugungi kunda UzAuto Motors eng zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. Ulardan biri Chevrolet Onix avtomobilidir. Yangi avtomobil modelining ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish uchun 5 mingdan ortiq injenerlar jalb qilingan bo’lib, ularning bir qismi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridir. Ular Chevrolet Onix avtomobili uchun O’zbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detallarning ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yishdi.
UzAuto Motors Powertrain korxonasida avtomobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan dvigatellar mahalliylashtirildi. Buning natijasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun mahalliylashtirish darajasining umumiy foizi oshiriladi. Yuqori bosimli alyuminiy silindrli bloklarni ishlab chiqarishning ilg’or texnologiyasidan foydalangan holda CSS Prime dvigatellarining innovatsion oilasini ishlab chiqarishni o'zlashtirish dvigatelni yaxshiroq issiqlik uzatish va ekologik tozalik bilan ta’minlaydi. Ushbu dvigatellarning o’ziga xos xususiyati bu uning uchli texnologiyalashtirilganligi, yoqilg’i sarfining tejamkorligi va turbinalarga ega ekanligidir. Mahalliy mutaxassislarnining jalb qilinishi va kapital xarajatlarni ishlab chiqarish liniyasi uskunalarini sotib olish uchun optimallashtirish orqali loyiha qiymatini qariyb 20 million dollarga yaqin kamaytirishga erishildi.
“Uzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov so’zlagan nuqtida – “Bunday texnologik mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi, albatta, O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni shakllantiradi. UzAuto tuzilmasidagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori madaniyati nafaqat avtomobilsozlik va boshqa ko’plab turdosh tarmoqlar rivojiga yangi turtki beradi”. – deb alohida keltirdi.
Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan barcha kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interyer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni oʻzida mujassamlashtiradi.
Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:
• 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
• 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog'onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yoʻlda 4,7 l sarflaydi.
Zamonaviy dizayn
Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik boʻyicha eng ilg'or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 oʻrindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy xoh doʻstlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim boʻlsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal. Chevrolet Malibu avtomobili bilan oʻxshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi koʻrinish beradi.
Futuristik yoritish texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu hech bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.
Kuzovdagi gorizontal chiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urg’u beradi. Ular diod optika yorugʻlik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli koʻrinish beradi, mukammal ishlangan kunduzgi diod optikasi esa Onixni kechayu-kunduz koʻzga tashlanadigan qiladi.
Texnologik interyer
Chevrolet Onix interyeridagi chiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning sig’imliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barchasiga avtomobilning keng platformasi orqali erishiladi.
Ergonomik asboblar paneli koʻrinishni yaxshilaydi va yengillik hissini beradi.
Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-koʻngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qoʻshadi.
Qulay va oson boshqarish.
Chevrolet Onix boshqarishni qulay va zavqli qiladigan barcha detallarga ega.
4LT komplektatsiyasida bazaviy optsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.
Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi oʻrindiqlar bilan jihozlangan, shuningdek salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud.
LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.
Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi oʻrindig’ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur boʻlgan opsiyalarga ega.
Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka koʻtarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar oʻchishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), toʻxtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar oʻrindig'ini oʻrnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.
Chevrolet Onix xavfsizligi
Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan. Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta'minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yoʻl qismlarida hamisha barqaror turishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.
2023-yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qoʻshimcha opsiyalar:
∙ klimat kontrol;
∙ yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) toʻxtash tizimi;
∙ old partroniklar;
∙ koʻrinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
∙ orqa oʻrindiq isitish tizimi;
∙ lyuk;
∙ toʻliq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar.
∙ salonda haydovchi, old oʻrindiq va orqa oʻrindiq yoʻlovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
∙ original dizaynli quyma disklar va boshqalar.