"UzAuto Motors Powertrain” AJ  boshqaruvchi direktorining MUROJAATI

 

"UzAuto Motors Powertrain” AJ  boshqaruvchi direktorining

MUROJAATI
 

Hurmatli korxonamiz mehnat jamoasi va hamkorlar!

 

Hech kimga sir emas, Korrupsiya muammosi  mamlakatlar hukumati va dunyo hamjamiyatini tomonidan rivojlanishning kushandasi sifatida qaralayotgan transmilliy jinoyatlardan biridir.

Bugungi kunda yurtimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalaridagi korrupsiyaviy holatlarni oldini olish hamda unga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. So’nggi yillarda bu bo’yicha yaratilgan huquqiy baza ham so’zimizni isbotlaydi.

 Xususan, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Korxonamiz o’z faoliyatida manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bunday holatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish, shuningdek ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida korxonamizda ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan Komplaens ichki nazorat tizimi tashkil etilgan. Barcha ichki lokal hujjatlarimizda xavfni minimallashtirishga qaratilgan normalar kiritilib, amal qilinmoqda.

Jamiyatni bir aʼzosi sifatida korxonamiz ishchi xodimlari ham befaraq boʻlmasliklari, korrupsiyaga qarshi kurashda Oʻzbekistonda izchil amalga oshirilayotgan korrupsion omillarga barham berishga qaratilgan keng koʻlamli huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga faolroq boʻlib javob qaytarishimiz lozim.

Korxonamizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” kabi 15 dan ortiq korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki meʼyoriy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi.

Shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda preventiv choralarni kuchaytirish va mazkur yoʻnalishdagi bilimlarni oshirish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

 

Hurmatli korxonamiz mehnat jamoasi va hamkorlar!

 

Mazkur murojaatim orqali Sizlardan korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug’diruvchi va noqonuniy holatlar yuz bergan taqdirda bizga xabar berishingizni iltimos qilaman.

 

Hurmat bilan,

Korxona boshqaruvchi direktori                            ________________