Talabalar uchun “Ochiq eshiklar oyi” tadbiri: “Uzavto Motors Powertrain” korporativ madaniyati bilan tanishtiradi!

Uzavtosanoat AJ Oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik dasturi doirasida iste'dodli yosh mutaxassislarni jalb qilish maqsadida UMPTda “Talabalar uchun ochiq eshik kunlari” oylik loyihasini boshlandi. Ushbu oy davomida Toshkentdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari kompaniyamizning madaniyati, faoliyati va jarayonlari, hamda kompaniyamizdagi muhitga to‘liq jalb etildilar.

 

Joriy yilning 12-noyabr kuni dastlabki ishtirokchilar sifatida Yangi O‘zbekiston Universiteti, Xalqaro Westminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari qatnashdi. Ular uchun kompaniya rahbarlar bilan uchrashuv, kompaniya bo`ylab tur va qiziqarli savol javob quiz o‘yini tashkil etildi.

Jamoamizning bir qismi bo'lishni istaysizmi? Bizga qo‘shiling!