UzAuto Motors Powertrain zavodi jamoasi Yoshlar qo‘mitasi, Sport qo‘mitasi
UzAuto Motors Powertrain zavodi jamoasi Yoshlar qo‘mitasi, Sport qo‘mitasi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Ekologiya bo‘limi ko‘magida 10/06/2023 kuni Sayram hududidagi Chotqol qo'riqxonasiga sayohat qildi.
 
Ushbu sayohatdan ko‘zlangan maqsad, "axlatni tashlab ketishga yo‘l qo‘yilmaslik" to‘g‘risida ogohlantiruvchi maxsus belgilarni o‘rnatish hamda xodimlar o‘rtasida piyoda sayr qilishni targ‘ib qilish edi.
 
Saylning umumiy uzunligi har ikki yo‘nalishda 8 km, balandligi 500 metrgacha bo‘lgan tepalikka chiqish edi.
 
Sayohat davomida UzAuto Motors Powertrain zavodi xodimlari yo‘lda uchragan barcha chiqindilarni yig‘ib olishdi.
 
Biz xodimlarimiz orasida atrof-muhitni muhofaza qilish va sog'lom turmush tarzini shakllantirishni qo'llab-quvvatlaymiz.