2024-yil 7-dekabr kuni "UzAuto Motors Powertrain" departament rahbarlari o‘rtasida korporativ "workshop" bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 2025-yil biznes rejasining (BPD) amalga oshirilishi bo‘yicha asosiy maqsadlar va ko‘rsatkichlar muhokama qilinib, belgilab olindi. Ushbu maqsadlar kompaniyaning strategik rivojlanish yo‘nalishini aks ettiradi. Uchrashuvda xavfsizlik, kadrlar siyosati, sifat, tezkorlik, mahsulot tannarxi, mahsulot eksportini oshirish, lokalizatsiyani chuqurlashtirish va atrof-muhitga oid intilishlar belgilandi.
Shuningdek, rahbarlar 2025-yilda kompaniyani "GM GMS Next" sertifikatidan o‘tkazish vazifasini qo‘ydilar. Ushbu sertifikat General Motors ishlab chiqarish tizimidagi eng yuqori global ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish darajasini anglatadi.
Bundan tashqari, rahbarlar barcha departamentlar uchun 2025-yilga mo‘ljallangan KPI maqsadlarini ko‘rib chiqib, tasdiqladilar.
Bu esa kompaniya ish samaradorligini yuqori darajada ta'minlashga xizmat qiladi.