Maktab hovlisida daraxt ekish: atrof-muhitni muhofaza qilish va kelajakka qo'shilgan hissa

2025-yil 2-aprel kuni “Qum ariq” mahallasida joylashgan 353-umumta’lim maktabida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili”ga bag‘ishlab “Yashil Makon” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan muhim tadbir – ko‘chat o‘tqazish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbir UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi tomonidan tashkil etilib, birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida kompaniya xodimlari tomonidan maktab hududiga 240 tup daraxt ekildi. UzAutoMotors rahbariyati ushbu tadbirlarni faol qo‘llab-quvvatlab, ekilgan daraxtlarni parvarish qilish, ularni sog’lom o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida tomchilatib sug‘orish tizimini ham o‘rnatmoqda.

Ushbu aksiya hududni obodonlashtirish va ekologik vaziyatni yaxshilash tashabbusining davomi bo‘ldi. Ekilgan daraxt ko’chatlar  nafaqat maktab hovlisini bezaydi, balki kelajakda o’quvchilarni o'z mevalari bilan xursand qilib, shuningdek havoni tozalashda o'z hissasini qo'shadi va bolalarga tabiat bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

Maktab rahbariyati UzAutoMotors Powertrain kompaniyasiga maktab hududini obodonlashtirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek, o‘quvchilarning ekologik bilimini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda doimiy hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.