14-fevral kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT) zavodiga yaqin joylashgan Ko’xna Qumariq mahallasidan 353-maktabning 7-sinf o‘quvchilari "Drive for Dreams" dasturi doirasida zavodimizga tashrif buyurishdi. Ushbu tashabbus, o‘quvchilarda avtomobil sanoati va texnik kasblar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ularning kasbiy yo‘nalishini shakllantirishda yordam beradi. Tashrif davomida o‘quvchilar zavodning kross-funktsional jamoasi tomonidan o‘tkazilgan noyob treningga qatnashishdi.HR bo‘limi mutaxassislari, ekologlar, muhandislar va kimyogarlar o‘quvchilarga korxonaning asosiy jarayonlari haqida ma'lumot berishdi. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish va innovatsion texnologiyalar haqida alohida e'tibor qaratildi. O‘quvchilar uchun unutilmas va qiziqarli bo‘lgan trening, chiqindilarni saralash bo‘yicha interaktiv mashg‘ulot bo‘lib, uni atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha menejer Ozoda Sharustamova o‘tkazdi. Shuningdek, zavod kimyogarlarining suvni tozalash bo‘yicha qiziqarli tajribalari bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ekskursiya yakunida o‘quvchilarga sertifikatlar va sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish jarayonining qanday tashkil etilishi haqida ko‘proq ma'lumot olishdi. Bizning maqsadimiz – yoshlarni texnik kasblarni o‘rganishga ilhomlantirish va avtomobilsozlik kabi dinamik sohada ishlashning qanchalik qiziqarli va muhim ekanligini ko‘rsatish!