2025-yil 4-iyul kuni UMPT zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Xodimlarni saralash bo‘limi tomonidan tashkil etilib, uning asosiy maqsadi – amaliyot jarayonini muhokama qilish, talabalar fikrlarini eshitish va ichki tartib hamda sanoat xavfsizligi qoidalarini eslatishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hamda xorijdagi yetakchi oliygohlar talabalari ishtirok etdi, jumladan:
• University of Maryland (AQSh)
• Óbuda University (Vengriya)
• American University of Technology (Toshkent)
• New Uzbekistan University
• Turin politexnika universiteti (Toshkent)
• I.A. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
• Toshkent davlat transport universiteti
Yig‘ilishda amaliyotning oraliq natijalari tahlil qilinib, kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talabalar takliflari ko‘rib chiqildi, tartib-intizom, ustozlar bilan hamkorlik va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar UMPTda amaliyot o‘tash imkoniyati, real ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirishdi.