UMPT zavodida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

2025 yilning 2 iyunida UMPT zavodining hududida “Bolalarni muhofaza qilish”  va “Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish” kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida «Yo‘qolib borayotgan va yovvoyi hayvonlar hamda o‘simliklar turlari» mavzusida bolalar rasmlar tanlovi natijalari e’lon qilindi. Bolalar nafaqat rasmlar chizishdi, balki qushlar uchun inlar ham tayyorladilar va tabiatni asrash hamda yo‘qolib borayotgan turlarni himoya qilishning ahamiyatini ko‘rsatdilar.

Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng, «Buyumlarga ikkinchi hayot beramiz» mavzusida master-klass o‘tkazildi. U yerda bolalar buyumlarni ijodiy usulda qayta ishlatish imkoniyatlarini o’rgandilar. Master-klass mavzusi 2025 yilda Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni mavzusiga mos ravishda plastik ifloslanishga qarshi kurash bilan bog‘liq bo’ldi. 
Ota-onalar kompaniya rahbariyatiga bunday qiziqarli tadbirni tashkil etganlari uchun minnatdorchilik bildirdilar.