14-may kuni UMPT INHA universitetida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Kompaniya vakillari talabalarga stajirovka va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi, shuningdek, universitet bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Tadbir biznes va ta’lim muhitidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.