2025.05.05 UMPT Toshkent shaxridagi Central Asia Universitetida bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida
2025-yil 5-mayda UMPT kompaniyasi Toshkent shaxridagi Central Asia Universitetida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida qatnashdi. Talabalar kompaniyaning kasbiy imkoniyatlari, amaliyot dasturlari va professional rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot oldilar. Kompaniya vakillari talabalar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazib, ularning savollariga javob berdi va qiziqish bildirgan nomzodlardan rezyume qabul qildi. UMPT universitetlar va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning malakali kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislar uchun karyera imkoniyatlarini ta’minlashdagi muhim rolini ta’kidladi.