2025.08.22 UMPT da hashar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 22–23 avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Shu munosabat bilan, 22-avgust kuni UMPT zavodida hashar tashkil etilib, hashar doirasida zavod atrofini, jumladan kanal bo‘yidagi hududni keng ko‘lamda tozalash ishlari amalga oshirildi. Hasharda UMPT kompaniyasining barcha department va bo‘lim xodimlari birdamlik bilan qatnashib, zavod atrofi va kanal bo’yi maishiy chiqindilardan tozalandi. Ushbu kunda tadbirda faol ishtirok etgan barcha xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz!