"UzAuto Motors Powertrain” AJ boshqaruvchi direktor o‘rinbosarining
MUROJAATI
Hurmatli korxonamiz mehnat jamoasi va hamkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5729-sonli Farmoniga ko‘ra, 2020 yil 01 aprelga qadar davlat ulushi mavjud tashkilotlarda “Komplayens nazorat” tizimini joriy qilish talabi asosan Jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komplayens tizimi xalqaro standartlar va qonunchiligimizning asosiy tamoyillariga asosan korxonamizda “Komplayens xizmati” joriy qilindi.
Mazkur tizimning asosiy maqsadi korruptsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, baholash va bartaraf etish, shuningdek, ularga qarshi samarali kurashishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining tavsiyalariga muvofiq, Jamiyatning Korruptsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiga oid siyosatlari, protseduralari, uslubiyotlari va nizomlari tasdiqlandi.
Mazkur siyosatlar korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oqibatlari, manfaatlar to‘qnashuvining mohiyati, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar, Jamiyatning biznes hamkorlari rioya etishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalari, xodimlarni ishga qabul qilishdagi tartiblar, xayriya va tijorat homiyligi, jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, sanktsiyalar va eksport nazoratiga oid 17 ta ichki me'yoriy hujjatlar to‘plamini tashkil etadi hamda korruptsiyaga qarshi murosasizlik munosabatini bildiradi.
Bugungi kunda “Uzavto Motors Pauertreyn” AJning mas'ul lavozimlarda faoliyat olib borayotgan 21 nafar hodimlar uchun ISO 37001:2016 Korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro standarti bo‘yicha mahsus o‘quv kursini o‘tashlari ta'minlandi va ular tomonidan muvaffaqiyatli yakunladi.
Komplayens xizmati joriy yilning o‘tgan davri davomida korruptsiyaga qarshi kurashish, keng qamrovli xavflarni monitoring qilish va aniqlash bo‘yicha tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi, jumladan:
- Korruptsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari ishlash samaradorligi oshirildi, ularda murojaatlarni avtomatik yozib olish, anonim murojaatlarni qoldirish imkoniyati yaratildi;
- Vakant o‘rinlarga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish tizimi takomillashtirildi;
- Mehnat shartnomalariga korruptsiyaga qarshi shartlar kiritildi;
Korruptsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan shahslarni rag‘batlantirish, ularning ta'qibga olinmasligi bo‘yicha ichki hujjat ishlab chiqildi;
Xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish yakuniga yetkazildi;
Kontragentlar ustidan tekshiruvlar o‘tkazish tizimi takomillashtirildi;
Jamiyatning funktsiya va vazifalarida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha baholash o‘tkazildi;
Xodimlarning korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
Hurmatli korxonamiz mehnat jamoasi va hamkorlar!
Mazkur murojaatim orqali Sizlardan O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlarni qo‘llab quvvatlashingizni, xamda korruptsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz bergan taqdirda bizga xabar berishingizni iltimos qilaman.
Hurmat bilan,
Korxona boshqaruvchi direktor o‘rinbosari Sh. Shomirzayev.