Korporativ madaniyat - "UzAuto Motors Powertrain"
Korporativ madaniyat - "UzAuto Motors Powertrain" korxonasining muhim jihatlaridan hisoblanadi. Korporativ madaniyatni qo'llabquvvatlashning eng ta'sirli choralaridan biri esa bu sport madaniyatini rivojlantirishdir. Sport madaniyatini rivojlantirish orqali biz nafaqat xodimlarning sog'lig'i haqida qayg'uramiz, balki jamoadagi birdamlik va sog'lom raqobatni rivojlantiramiz.
 
 
Sog'lom hayot tarzini targ'ib qilish doirasida, odatimizga sodiq qolgan holda, Family Day Cup musobaqasiga start berildi. Ushbu futbol turnirida korxonamizning barcha bo'limlari bevosita ishtirok etishmoqda.
 
 
Mazkur turnir doirasida biz o'zimizning do'stona jamoamizni birlashtirmoqdamiz.
Turnir g'oliblarini taqdirlash barcha xodimlar uchun tashkil etiladigan UzAuto Motors Powertrain - Family Day bayram dasturi davomida amalga oshiriladi.
Oila Kuni haqida biz Siz azizlarga alohida xabar beramiz, yangiliklarimizni kuzatib boring!
Yosh futbolchilarimizga omad tilaymiz.