CDMning yakuniy sessiyasi «Ekspertlik va muvaffaqiyat»
2025-yil 26-iyun kuni CDM (Career Development Month) loyihasi doirasida "Ekspertlik va muvaffaqiyat" mavzusida yakuniy sessiya bo‘lib o‘tdi.
Sessiya spikeri UzAuto Motors Powertrain bosh direktori vazifasini bajaruvchi - Gulyamov Saidazim Mirkamalovich bo‘ldi.
Uchrashuv davomida u o‘z faoliyatining asosiy bosqichlari bilan o‘rtoqlashib, kasbiy mahorat, yetakchilik fazilatlari va boshqaruv ko’nikmalarini qanday shakllantirish mumkinligi haqida so‘zlab berdi. Yosh mutaxassislarni rivojlantirish, ularga ustozlik qilish va jamoada uzluksiz o‘sish madaniyatini yaratish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
Sessiya interaktiv muhokama va bo‘lajak rahbarlar uchun ilhomlantiruvchi tavsiyalar bilan yakunlandi.