Zamonaviy biznesda tezkor reaksiyaga kirishish va o‘zgarishlarga moslasha olish qobiliyati endi ustunlik emas, balki zaruratdir.
Aynan shu ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida 26-avgust kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT) kompaniyasida «Tezlikka intilish» nomli biznes-simulyatsiya o‘tkazildi. Ushbu tadbir qarorlarni tez qabul qilish, noaniqlik sharoitida ishlash hamda jamoalar o’rtasida samarali muloqotni rivojlantirishga qaratildi.
Simulyatsiya davomida ishtirokchilar real biznes vaziyatlarini aks ettiruvchi dinamik sharoitlarda ishlab, cheklangan vaqt va ma’lumotlar bilan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.