Mart 2021: Yovvoyi tabiat kuni

2021 yil 3 martda Butunjahon yovvoyi tabiat kuniga bag’ishlab UzAuto Motors Powertrainda tadbirlar bo’lib o’tdi.

2021 kunining mavzusi - "O'rmonlar va turmush tarzi: odamlarni qo'llab-quvvatlash va sayyorani saqlab qolish”. Ushbu kun doirasida korhona hududidagi bog'da rahbariyat, volontyorlar va hodimlar yordamida daraxtlar va gullar ekildi. Shuningdek, qushlarni oziqlantiruvchi va qush inlari o'rnatildi.