2025-yil 9-aprel kuni kompaniyamiz M.V. Lomonosov nomidagi MDU filiali tomonidan tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida ishtirok etdi.
Bu iqtidorli talabalar bilan muloqot qilish, tajriba almashish, kompaniyamizning korporativ madaniyati va karyera qurish imkoniyatlari haqida so‘zlab berish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Tadbirni yuqori darajada tashkil etgani uchun tashkilotchilarga, faol ishtirok va qiziqishlari uchun esa barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Ishonchimiz komilki, bunday uchrashuvlar — professional yutuqlarga olib boruvchi birinchi qadamlardan bo’ladi.