Noyabr oyining har kuni bizning kompaniyamizda Ochiq Eshiklar Kuni o'tkazilmoqda. Bunda biz mamlakatning yetakchi universitetlari talabalariga o'z eshiklarimizni ochamiz. Ushbu loyiha "Uzavtosanoat" AJ tomonidan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Shu haftada bizni AMITY, INHA va Yangi O‘zbekiston universitetlari talabalaridan iborat guruhlar tashrif buyurdi.
Talabalar uchun biz quyidagi dastur bilan tayyorlandik:
• UMPT kompaniyasi haqida taqdimot unda ishtirokchilar ilg'or texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish jaroyonlarini, kompaniya tarixi, faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
• Axborot texnologiyalari bo'limi vakillari bilan savol-javob sessiyasi - talabalar kompaniyamizning IT soxasidagi ishlar haqida joriy va kelajakdagi loyihalari haqida ma'lumot olishdi
• Kvizda ishtirok etish: eng faol ishtirokchilar, olgan ma'lumotlariga asoslanib bilimlarini sinash uchun test o‘tkazildi va g‘oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.
• Zavod bo'ylab infotur, bu orqali talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, kompaniyamiz qanday ishlashini joyida ko'rishdi.
Biroq, biz bu bilan to'xtamadik! Ish o'rinlari va tanlov bosqichlari haqida savollar ham e'tiborsiz qolmadi. Bizning Kadrlar bo'limi mutaxassislari UMPT kompaniyasida ishlashni boshlash uchun barcha imkoniyatlar haqida gapirib berdilar va kompaniyamizning jamoasiga qanday qo'shilish mumkinligi haqida ma'lumot berdilar.
Biz ishonamizki, kelajak — bilim va rivojlanishga intilayotganlar bilan bo'ladi. Shuning uchun talabalar va yosh mutaxassislarni bizning jamoamizga qo'shilishga taklif qilamiz va kelajagingizni UMPT bilan birga yarating!