2025-yil 10-yanvar kuni UMPTda «Spill Drill» o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi, unda kimyoviy suyuqliklarning mumkin bo'lgan to'kilishlarini oldini olish va bartaraf etish bo'yicha o'quv ishlari o'tkazildi.
O'quv mashg'ulotlarining asosiy maqsadi — xodimlarni turli kimyoviy to'kilishlar yuzaga kelganda to'g'ri harakat qilish muhimligini o'rgatish va ularning atrof-muhitga tarqalishining oldini olish. Eslatib o'tamizki, UMPTda dvigatellar va detallari ishlab chiqarish uchun 100 dan ortiq kimyoviy moddalardan foydalaniladi va bu muhim o'quv jarayoni kimyo mutaxassislari jamoasi hamda ishlab chiqarish xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.