Ichki GMS trenerlari uchun treninglar

UzAuto Motors Powertrain kompaniyaning ichki GMS trenerlari uchun bir qator treninglar boshlandi. Ichki trenerlar tizimi - nafaqat kadrlar malakasini oshirishga yordam beradi, balki kompaniyaning ichki trenerlarini ham rivojlantiradi. Trening doirasida o‘quv metodikasini qanday to‘g‘ri tuzish va ishtirokchilarning faolligini oshirish uchun qanday vositalardan foydalanishni ichki trenerlarimiz o‘rganishdi.

UzAuto Motors Powertrain boshqaruvchi direktori Saidazim G‘ulomov “Korxonaning ichki trenerlari GMS ishlab chiqarish tizimida bizning xodimlarimiz va yangi ishga qabul qilinganlar xodimlarni o‘qitish orqali korporativ madaniyatni yuqori xalqaro darajada saqlab qolish orqali zavod kelajagiga ulkan hissa qo‘shayotganini” ta’kidladi.