CDM va Women's Board: Ayollar va karyera
2025-yil 17-iyul kuni Karyera rivojlanish oyi (CDM) doirasida Women's Board bilanhamkorlikda zavodda ishlovchi qizlar uchun moliyaviy erkinlik va kasbiy
o‘sishga bag‘ishlangan yorqin va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir spikeri — Orient Group kompaniyasining moliyaviy direktor o‘rinbosari Irina Stepanova bo‘ldi. U moliya va boshqaruv rivoji sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.
Irina Stepanova o‘zining ilhom baxsh etuvchi nutqida nafaqat moliyaviy tushunchalar bilan o‘rtoqlashdi, balki shaxsiy hayotidan misollarni ham keltirdi:
— pullarga nisbatan sog‘lom munosabatni qanday shakllantirish mumkinligi;
— nega farzandlarni moliyaviy rejalashtirish jarayoniga jalb qilish muhimligi;
— qanday qadamlar muvozanatni saqlagan holda oldinga siljishga yordam berishi haqidagi kabilar joy oldi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olishdan tortib investitsiyalargacha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va samimiy, amaliy javoblar olishdi.
Tadbir yakunida Irina Stepanova o‘zining moliyaviy savodxonlik va shaxsiy samaradorlikka oid foydali materiallar joylab boradigan kanaliga havolalar bilan bo‘lishdi.
Bu kabi uchrashuvlar — shunchaki tajriba almashinuvi emas, balki harakatga ilhomlantiruvchi haqiqatdir.