UMPTda bahorgi hashar

2025-yil 19-mart kuni UMPT hududida an’anaviy bahorgi hasharchilik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda xodimlar zavod hududining tozaligi va obodonlashtirilishiga o‘z hissasini qo‘shish uchun birlashishdi. Shu kuni bo‘lim rahbarlari shaxsan o’zlari daraxt ekib, zavod hududining ko‘kalamzorlashtirilishiga va ekologik muvozanatni saqlashga hissa qo‘shdilar.

Obodonlashtirish ishlari bilan bir vaqtda xodimlar an’anaviy bahor taomi — sumalak tayyorlashda faol ishtirok etishdi.